Do‘kon va kafe egalari uchun

Do‘kon uchun
elektron qarz daftari.

Kimdan qancha qarz qolganini bir joyda ko‘ring. Qarz yozing, to‘lovni belgilang, hisobni Telegram ichida yuriting.

✓ Telegram ichida · O‘zbekcha va ruscha
Ko‘rgazmali misol
▤
Qarzim
@daftarqarzbot
🏪 BarakaMijozlar va qarzlaringizni boshqaring.
💵 Jami qarzdorlik
Ko‘chadagi jami qarz
1 250 000 so‘m
Barcha mijozlardan qaytarilmagan summa.
➕ Qarz qo‘shish
📋 Qarzlar ro‘yxati
To‘lov qayd etildi✓50 000 so‘m
Hisobotni yuklab olingExcel · PDF ↗
Kundalik savdo uchun qulay
◈   Kichik do‘konlar◈   Kafe va oshxonalar◈   Nasiya savdo qiluvchilar
01 / Imkoniyatlar

Oddiy hisob.
Aniq qoldiq.

Qog‘oz daftarni varaqlash o‘rniga, kerakli mijoz va uning qarzini tez toping.

Qarzni bir xabarda kiriting

Ism, telefon, summa va qaytarish sanasini yozing. Ma’lumotlarni tekshirib, bir tugma bilan saqlang.

Mijozni tez toping

Ism yoki telefon orqali qidiring. Mavjud mijozga yangi qarz qo‘shish uchun hammasini qayta yozmang.

Jami qarzdorlikni ko‘ring

Barcha mijozlardan qancha pul olinishi kerakligini biling. Har bir to‘lovdan keyin qoldiq yangilanadi.

To‘lov tarixi yo‘qolmaydi

Qisman yoki to‘liq to‘lovni belgilang. Qaytarilgan qarz faol ro‘yxatdan chiqadi, tarixda saqlanadi.

Eslatmalarni yoqing

Egaga muddati kelgan qarzlar haqida kunlik xabar. Botga ulangan mijozlarga ham eslatma yuboriladi.

Daftaringizni ko‘chiring

Excel yoki Word namunasidan qarzlarni import qiling. Hisobotni Excel yoki PDF qilib yuklab oling.

02 / Qanday ishlaydi

Bir qarzning
butun yo‘li.

Hisob yuritishni uchta oddiy harakat bilan boshlang.

1

Botni oching

Telegram’da Start bosing, tilni tanlang va do‘koningiz nomini kiriting.

2

Qarzni yozing

Mijoz, telefon, summa va sanani kiriting. Saqlashdan oldin tekshiring.

3

To‘lovni belgilang

Pul qaytganda to‘lovni kiriting. Qoldiq kamayadi, tarix saqlanadi.

Mijoz eslatma olishi uchun unga maxsus havolani yuboring. U bir marta Start bosgach, bot xabar yubora oladi.
Baraka · Mijoz hisobiKo‘rgazmali misol
Qarz qoldig‘i
150 000 so‘m
MijozAli
Qarz qoldig‘i150 000 so‘m
Qarz yozildi✓
Tugmalarni bosib ko‘ring. Bu misol haqiqiy bazaga yozilmaydi.
QARZIM / Qo‘llanmalar

Qarz hisobini oson boshlang

Amaliy misollar: qarz yozish, eski jadvalni ko‘chirish va eslatmalarni ulash.

03 / Savol-javob

Boshlashdan oldin
bilish kerak.

Ko‘p uchraydigan savollarga qisqa javoblar.

Alohida ilova o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Telegram bo‘lsa yetarli. @daftarqarzbot’ni ochib, Start tugmasini bosing.

Bot qaysi tillarda ishlaydi?

O‘zbekcha va ruscha. Tilni bot ichida /language buyrug‘i orqali almashtirish mumkin.

Mijozning telefoniga avtomatik xabar boradimi?

Faqat telefon raqamini kiritish yetarli emas. Mijoz maxsus havola orqali botga kirib, Start bosishi kerak. Hozir SMS yuborish xizmati ulanmagan.

Qarz qaytarilsa, yozuv o‘chadimi?

Faol qarzlar ro‘yxatidan chiqadi, lekin bazadan o‘chmaydi. Uni qaytarilgan qarzlar va mijoz tarixidan ko‘rish mumkin.

Eski Excel yoki Word daftarimni ko‘chirsam bo‘ladimi?

Ha. “Fayldan kiritish” orqali namuna oling. .xlsx yoki .docx faylida ism, xalqaro telefon raqami, summa va sana bo‘lsin. 500 qator va 5 MB gacha. Bot tasdiqlaganingizdan keyin saqlaydi.

Daftar rasmini yuborsam o‘qiydimi?

Hozircha yo‘q. Qarzlarni matn bilan yoki Excel/Word fayli orqali kiritish mumkin.

Keyingi qarzni
Telegram’da yozing.

Botni oching. Do‘koningizni qo‘shing. Birinchi qarzni kiriting.

Botni boshlash